BMT: Sudandagi jangovar harakatlarni to'xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasi qabul qilindi

    BMT Xavfsizlik Kengashi Buyuk Britaniyaning Sudandagi harbiy harakatlarni zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini yoqlab ovoz berdi.

    Xavfsizlik Kengashining 15 a'zosidan 14 tasi rezolyutsiya uchun ovoz berdi, Rossiya ovoz berishda betaraf qoldi.

    Hujjat to'qqiz banddan iborat bo'lib, ulardan birinchisi Tezkor harakat kuchlaridan Shimoliy Darfur shtatining markazi bo'lgan El-Fasher va uning atrofidagi qamalni tugatishni, shuningdek, harbiy harakatlarini zudlik bilan to'xtatishni talab qiladi. Bundan tashqari, rezolyutsiya loyihasida mojaro taraflaridan xalqaro huquq normalariga rioya qilish talab qilinib, hujjatda [BMT] a'zo davlatlari mojaro va beqarorlikni kuchaytirishga qaratilgan tashqi ta'sirlardan tiyilishga chaqiriladi. Rezolyutsiya loyihasida, shuningdek, BMT Bosh kotibidan ushbu hujjat qoidalarining bajarilishi yuzasidan hisobot taqdim etishi ham talab qilinadi.

    Sudandagi vaziyat 2023-yil aprelida mamlakat suveren kengashi raisi va armiya qo'mondoni Abdel Fattoh al-Burxon va Tezkor harakat kuchlari rahbari Muhammad Hamdan Dagalo o'rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli keskinlashdi. Ular o'rtasidagi asosiy qarama-qarshiliklar birlashgan qurolli kuchlarni shakllantirish vaqti va usullari, shuningdek, bosh qo'mondon lavozimini kim egallashi kerakligi bilan bog'liq. Ya'ni professional harbiy xizmatchi al-Burxonmi yoki saylangan prezident Dagalo? O'tgan yilning 15-aprelida Merov va Xartumda Tezkor harakat kuchlari va armiya o'rtasida to'qnashuvlar boshlandi va ular tezda Sudanning boshqa qismlariga tarqaldi. Mojarolar oqibatida minglab odamlar halok bo'ldi, o'n minglab odamlar yaralandi. Urushayotgan tomonlar 2023-yilda Jiddada bir qator maslahatlashuvlar o'tkazgan, deb xabar beradi tass.ru.