BMT va Jahon banki G'azo infratuzilmasiga yetkazilgan zararni 18,5 milliard dollarga baholadi

    Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2023-yil oktabridan joriy yilning yanvarigacha G'azo sektori infratuzilmasiga yetkazilgan zararni 18,5 milliard dollarga baholadi.

    Bunday ma'lumotlar ikki tuzilmaning qo'shma hisobotida keltirilgan.

    Hujjatda qayd etilganidek, to'rt oy ichida yetkazilgan zarar 2022-yildagi Falastin yalpi ichki mahsulotining 97 foiziga teng. Uy-joy sektori eng ko'p zarar ko'rdi. Yetkazilgan zararning beshdan to'rt qismidan ko'prog'i turar-joy binolari (jami ko'rsatkichning 72 foizi) va savdo, sanoat va xizmat ko'rsatish (umumiy ko'rsatkichning 9 foizi), qolgan 19 foizi esa muhim obyektlar, ta'lim, suv ta'minoti va kanalizatsiya, sog'liqni saqlash, energetika, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, kommunal xizmatlar va transport sohasi ob'ektlariga to'g'ri keladi. Umumiy zararning deyarli 80 foizi G'azo, Shimoliy G'azo va Xon-Yunis viloyatlariga taalluqli.

    Jahon banki va BMT ma'lumotlariga ko'ra, “davom etayotgan to'qnashuvlar oqibatida G'azo iqtisodidagi zarba so'nggi iqtisodiy tarixdagi eng katta zarbalardan biridir”.

    G'azo sektori aholisining 74 foizi ishsiz, deb xabar beradi report.az.