BMT: Yaman yaqinida kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 49 muhojir hayotdan ko'z yumdi

    Yaman qirg'oqlari yaqinida kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 49 muhojir halok bo'ldi, 140 dan ortiq kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda BMT huzuridagi Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lum qildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, kema 9-iyunga o'tar kechasi Somalining Bosaso bandargohidan chiqib ketgan. Kemada Somalidan 115, Efiopiyadan 145 nafar fuqaro bo'lgan. 10-iyun kuni bortida 260 nafar muhojir bo'lgan kema Yamanning Shabva viloyati yaqinida ag'darilib ketdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 49 nafar jasad topilgan. Qutqaruvchilar 71 kishini qutqarishga muvaffaq bo'ldi, biroq 140 nafar muhojir bedarak yo'qolgan, deb xabar beradi report.az.