BMT: Yamandagi toshqin qurbonlari soni 60 kishiga yetdi

    Yamanning bir qancha viloyatida uzoq davom etgan yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida kamida 60 kishi halok bo'ldi, 13 kishi bedarak yo'qoldi.

    BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Yaman bo'limi hisobotiga ko'ra, tabiiy ofatdan jabrlanganlarning umumiy soni 268 ming kishiga yetdi.

    Iyul oyining oxiridan buyon suv toshqini oqibatida Hodeyda viloyatida 36, ​​Ibb viloyatida 9, Marib viloyatida 8, Taiz viloyatida 7 kishi hayotdan ko'z yumdi. Hisobot mualliflari Xodeyda va Taizda 13 kishi bedarak yo'qolganligini ta'kidlamoqda. Umuman olganda, 38 mingdan ortiq yamanlik oila yoki deyarli 268 ming kishi toshqindan jabr ko'rdi, deb xabar beradi tass.ru.