Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb saytida ingliz, rus, fransuz tillari bilan bir qatorda ilk marotaba oʻzbek tilida ham maʼlumotlar joylandi.

Oʻzbekiston hududida 2021-yili sinov tariqasida 2023-yilda ommaviy aholini roʻyxatga olish ishlari amalga oshirish belgilangan. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda qizgʻin tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasining tomonidan “Yevropa Statistiklar Konferensiyasining 2020-yil raundida aholi va uy-joy fondini roʻyxatga olish boʻyicha tavsiyalari” oʻzbek tiliga tarjima qilindi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Statistiklar Konferensiyasining rasmiy veb saytida joylandi.