Bu haqda OʻzAga xabar berdi tuzilmaning yurtimizdagi vakolatxonasiga tayanib.

Janob Balakrishnan Rajagopal yurtimiz milliy qonunchiligi va amaliyotida uy-joy huquqini himoya qilish va amalga oshirish, jumladan turar joyning arzonligi, yaroqliligi, tegishli xizmatdan foydalanish imkoniyati va majburiy koʻchirish holatini oʻrganadi.

Ekspert mazkur huquqdan mamlakat aholisi barcha toifa, guruhlari foydalanishi uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar tahlil qiladi. Shuningdek, iqlim inqirozining uy-joy huquqiga taʼsiri va aholini qiziqtirayotgan mavzuga oid masalalar, shaharsozlik boʻyicha qaror qabul qilishda odalar ishtirokiga ham eʼtibor qaratadi.

Rejaga koʻra, BMT vakili Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro viloyatlari shahar, tumanlariga, jumladan talabalar yashash joyi, oilada turli murakkablikka uchragan yoki boshpanasiz qolgan shaxslar uchun moʻljallangan manzillarga borishi kutilyapti. Qator rasmiy uchrashuvlar, fuqarolik jamiyati va biznes doira vakillari bilan muloqot ham koʻzda tutilgan.

Safar yakuni boʻyicha BMT maxsus maʼruzachisi matbuot anjumani oʻtkazadi. 2025-yil mart oyida esa BMT Inson huquqi boʻyicha kengashiga tashrifi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.