Hokimlik axborot xizmati xabariga koʻra, rejaga muvofiq, Islom Karimov va Bobur koʻchasi kesishmasidan Bobur koʻchasi boʻylab Bobur va Nukus koʻchalari kesishmasigacha boʻlgan oraliqda veloyoʻlak barpo etiladi.

Shuningdek, avtomobillar qatnov qismining oʻrtasida bordyurlar bilan mustahkamlangan yashil maydonlar tashkil qilinadi. Taʼmirlash ishlari jarayonida qatnov qismining bitta yoʻlagi qisman yopilishi mumkin.