Bobur mirzo ijodiy merosi — barhayot

    Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasida “Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati” mavzusidagi madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

    Tadbir Jamoat xavfsizligi universitetining tantanali jangovar koʻrgazmali chiqishi bilan boshlandi. Shundan soʻng Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishiga ulanib ketdi. Jadidshunos olimlar, shoir va adiblarga bagʻishlangan chiqishlar tadbir mazmundorligiga xizmat qildi.

    Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar “Bobur ensiklopediyasi”, “Bobur kulliyoti”, “Babur. Baburidi. Bibliografiya” deb nomlangan salmoqli asarlarning xalqimiz maʼnaviy hayotidagi oʻrni, salmogʻi kun sayin yuksalib borayotgani haqida soʻzladi.

    Ayniqsa, Prezidentimizning Bobur mirzo ijodiy merosini oʻrganish va bu bebaho merosning eng muhim jihatlarini oliy taʼlim muassasalari tarbiyaviy soatlari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatiga singdirish borasidagi muhim topshiriqlari yoshlar tarbisida alohida ahamiyat kasb etmoqda.