Viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda yurtimizdagi va xorijlik boburshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Rossiya davlatlaridan kelgan boburshunos olimlar ishtirok etib, Bobur hayoti ijodi, uning ijodiy merosini oʻrganish haqida fikrlar bildirdi.
Boburshunoslikning yutuq va muammolari atroflicha muhokama etilgan, mazmunli va samarali oʻtgan mazkur anjuman Bobur ilmiy-ijodiy merosini oʻrganish, tadqiq hamda targʻib etish borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga koʻtarishga xizmat qildi.