Qovoq uchun krem sifatida
Shishlar keltirib chiqarmagani va yengil boʻlgani sabab bodom yogʻini hatto terisi eng nozik kishilar ham qovoq va koʻz atrofidagi ajinlarni yoʻq qilish uchun foydalanish mumkin.
Yuz uchun ajin tushishiga qarshi krem sifatida
Tarkibida E vitaminining bisyor ekani sabab ushbu kremdan ajinlarga qarshi qoʻllanadigan krem oʻrnida foydalansa boʻladi. U teri ahvolini yaxshilaydi, taranglashtiradi.
Qoʻl kremi sifatida
Tarkibida A vitamini boʻlgani sabab mazkur yogʻ terini namlantirib, atrof-muhitdagi zararli taʼsirlardan himoya qilishga yordam beradi.
Husnbuzarlarga qarshi vosita sifatida
Ayol-qizlar tarkibida F vitamini bor ekani sabab antibakterial xususiyatga ega boʻlgan bodom yogʻidan foydalanish orqali teridagi muammolarni bartaraf qilishga erishishi mumkin. Buning uchun uni kechasi yuzga surtib qoʻyishning oʻzi kifoya.
Soch oʻsishini tezlashtiruvchi vosita
Haftasiga 2—3-marta ildizlariga bodom yogʻi surtish orqali soch oʻsishini ikki karra tezlashishiga erishish mumkin.
Kuyganda samara beradigan vosita sifatida
Namlantirish, tinchlantirish va qizarishlarni bartaraf qilish xususiyatiga ega boʻlgan mazkur yogʻda teri termik shikastlanganida samarali foydalanish mumkin. Issiq tovadan, yoki quyosh nuridan kuyishdan qatʼi nazar bodom yogʻidan foydalanishingiz mumkin.
Tozalaydigan losyon sifatida
Bodom yogʻi yuzdagi oʻchmaydigan makiyajni ham tozalay olish xususiyatiga ega.
Selyullitga qarshi vosita sifatida
Terida selyullitlar paydo boʻladigan boʻlsa, uni bodom yogʻi yaxshi samara beradi.
Soch uchun niqob sifatida
Soch uzunligi boʻylab bodom yogʻi surtib, ustidan sochiq bilan bir soatga oʻrab qoʻyish keyin esa oddiy shampun bilan yuvib tashlash kerak.
Ozishga yordam beradigan vosita sifatida
Kuniga bir osh qoshiq bodom yogʻi ichilsa, ichaklar shlak va gazlardan tozalanadi.