United Airlines aviakompaniyasining havo kemasi bortida 241 yoʻlovchi bilan Denverdan Gonolouga reys amalga oshirayotgan boʻlgan. Parvoz chogʻida dvigatelda avariya holati yuzaga kelgan. Natijada dvigatel samolyot korpusidan ajralib tushgan. Uning kattagina boʻlagi Kommons bogʻiga, shuningdek Nortmur va Red Lif hududlarining aholi yashaydigan kvartallariga tushgan. Brumfild politsiya boshqarmasidan xabar berishicha samolyotning katta qismi yashash xonadoni yaqiniga tushgan.

Havo kemasi Denver aeroportga qaytishga majbur boʻlgan. Yoʻlovchilar va kema ekipaji orasidan hech kim shikastlanmagan. Dvigatelning buzilish sababi hali aniqlanmagan, deb xabar beradi Izvestiya.iz.ru