Uning taʼkidlashicha, holat Surxondaryo viloyati Denov tumani 16-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan.
Videoda tarbiyachi 5 yashar tarbiyalanuvchi M. I.ni yigʻlagani uchun kaltaklagan. Tarbiyachi bolani urib, ketidan mustaqillik haqida bolalardan soʻraydi, mustaqillik haqida sheʼr yodlatadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “qoʻling tizzangda tursin”, degan buyrugʻi va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.
“Videoda eʼtiborimni tortgan yana bitta jihat, bolalarga yuz marta qoʻling tizzangda tursin deyishdan maqsad nima? Bolaning qoʻli tizzasida turmasa nima boʻladi? Sizning boʻyningizdan borib boʻgʻadimi? Qaysi zamon standartlari bilan yashayapsiz?”, deya tanbeh beradi foydalanuvchi.