Ijtimoiy tarmoqlarda Quyichirchiq tumanida er rashk sabab xotinini xususiy uy bog'chasidagi bolalar ko'z o'ngida bo'g'ib, urganligi haqida videolavha chiqarilgan.

Aniqlanishicha, 2022 yil 24 avgust kuni Quyichirchiq tumani "Paxtakor" mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o'rtog'i M.X. bilan janjallashib, bolalarni ko'z oldida turmush o'rtog'ini urib, haqorat qilgan.

Bu holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB tomonidan o'rganish ishlari boshlangan.

So'ngra, 2022 yil 25 avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o'rtog'i M.X.ni yotoqxonasiga kirib, bo'yin sohasiga oshxona pichog'i bilan tan jarohati etkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. 

Quyichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.