Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Namangan viloyat hokimligining Yagona buyurtmachi IK texnik nazoratchi N.M. “N.B.” MCHJ rahbari M.I. bilan oʻzaro til biriktirib, tumandagi 41-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari haqidagi hujjatlarga haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini qoʻshib yozish orqali byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan N.M. va M.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.