Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O'zbekiston bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida dastlab kichik yoshdagi hamda o'smirlar va qizlar o'rtasida g'oliblar aniqlandi.
Jumladan, bel olishning halqa chalishsiz yo'nalishida Jahongir Zokirjonov (Qashqadaryo, 26 kg.), Muslimbek Tohirjonov (Farg'ona, 30 kg.), Sherbek Begimqulov (Sirdaryo, 35 kg.), Muhammad To'raboyev (Qoraqalpog'iston, 41 kg.), Suhrobjon Ibrohimov (Namangan, 47 kg.), Diyor Telepboyev (Qoraqalpog'iston, 56 kg.), Hayotbek Qosimov (Namangan, +59 kg.), qizlar o'rtasida esa Araylim Ispanova (Qoraqalpog'iston, 33 kg.), Ra'noxon Murodova (Toshkent sh., 36 kg.), Fotima Fozilova (Jizzax, 39 kg.), Odina Usmonova (Sirdaryo, +39 kg.) chempionlikni qo'lga kiritdi.
Belbog'li yo'nalishda Bekzod Qoraboyev (Namangan, 28 kg.), Azamat Shyoimqulov (Sirdaryo, 32 kg.), Asadbek Jumaboyev (Sirdaryo, 38 kg.), Rahimjon Hasanboyev (Andijon, 44 kg.), Azizbek Begaliyev (Sirdaryo, 50 kg.), Abdusattor Ortiqboyev (Namangan, 53 kg.), Bunyodbek Bahromov (Xorazm, 59 kg.) g'olib bo'ldi.
Uch kurash kiyimli yo'nalishda Shoxruhmirzo Adhamov (Farg'ona, 30 kg.), Jamshid Maxsetov (Qoraqalpog'iston, 35 kg.), Hikmatullo Hamidov (Farg'ona, 38 kg.), Sardorbek Qahhorov (Namangan, 41 kg.), Azizbek Qo'shniyozov (Qoraqalpog'iston, 44 kg.), Muhammadali Tursunaliyev (Namangan, 47 kg.), Behruzbek Akramov (Farg'ona, 50 kg.), Komil Eshimboyev (Jizzax, 53 kg.) tengsiz topildi.
Kichik yoshdagi kurashchilar o'rtasida bel olishning halqa chalishsiz yo'nalishida Abdurazzoq Azimjonov (Namangan, 20 kg.), Abdurasul Abduhalimov (Andijon, 24 kg.), Salimboy Sobirov (Jizzax, 28 kg.), Ulug'bek Bahodirjonov (Farg'ona, 33 kg.), Muhammadaziz Ahmadaliyev (Farg'ona, 37 kg.), belbog'li yo'nalishda Elshodbek Hasanov (Jizzax, 22 kg.), Mehrojbek Yunusov (Sirdaryo, 26 kg.), Akram Akbaraliyev (Farg'ona, 30 kg.), Azizbek Karimov (Farg'ona, +37 kg.) O'zbekiston chempioni bo'ldi.
Uch kurash kiyimli yo'nalishda Abdusalom Obidov (Farg'ona, 22 kg.), Bunyodbek Kamolboyev (Qoraqalpog'iston, 26 kg.), Firdavs Ochilov (Surxondaryo, 28 kg.), Behruzbek A'zamjonov (Farg'ona, 30 kg.), Muhammadali Qurbonaliyev (Farg'ona, 37 kg.), Bekzod Ermatov (Farg'ona, + 37 kg.), qizlar o'rtasida Sarvinoz Adizova (Buxoro, 27 kg.), Muxlisa Valijonova (Farg'ona, 30 kg.) g'oliblikni qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlar diplom, medal` va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.
Musobaqalar 15-martga qadar davom etadi.