Unga koʻra, tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish, ularni omborga tushirish hamda bojxona nazorati va tovarlar harakatini hisobga olish jarayonlarini aniq va shaffof hujjatlashtirish maqsadida yangi bojxona hujjati shakllari joriy etildi.
Jumladan quyidagilar tasdiqlandi:
- tovar va transport vositalarini tekshirish natijalarini rasmiylashtirish uchun bojxona koʻrigi dalolatnomasi;
- jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va bagajlarini tekshirish boʻyicha alohida bojxona koʻrigi dalolatnomasi;
- deklarant tomonidan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oldin koʻzdan kechirish yoki oʻlchash uchun elektron murojaatnoma;
- yuklarni bojxona omboriga bojxona organi xodimining ishtirokida yoki uning ishtirokisiz tushirish boʻyicha maxsus dalolatnomalar shakllari.
Mazkur hujjatlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali elektron koʻrinishda shakllantiriladi va rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, endilikda avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bojxona tashuvchilarining Davlat bojxona qoʻmitasiga bojxona tashuvchilari reyestriga kiritish uchun murojaat qilish talabi hamda bojxona tashuvchilari reyestriga kiritish uchun ariza shakli bekor qilindi.