Qayd etilishicha, yurtimizga kirish uchun “Yallama” chegara bojxona postiga piyoda xolda kirib kelgan fuqaro tomonidan olib oʻtilayotgan qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, qoʻl yuklari orasida ogʻzaki soʻrovda aytilmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda vakolatli organlar tomonidan ruxsat beruvchi hujjatlari boʻlmagan 182 dona moʻyna mahsulotlarini qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlandi.
Bojxona nazoratidan yashirilgan mazkur moʻynalarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga salkam 15 mln soʻmni tashkil qilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda