Bojxona postida bir qator huquqbuzarliklarga chek qoʻyildi

    Toshkent shahar bojxona postiga keltirilgan 5918 dona filtr tovarlari bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

    Natijada, tovarlarning oʻlchov birligidagi miqdor notoʻgʻri koʻrsatilganligi, shuningdek, tovarlarga tegishli hujjatlarda “Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan” deya koʻrsatilgan boʻlsa, tovar yorliqlarida esa “AQSH davlatida ishlab chiqarilgan” deya qayd etilganligi maʼlum boʻldi.

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra mazkur tovarlarning qiymati 1,9 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda.

    Navbatdagi holatda, xorijdan keltirilgan 70 turdagi mototsikl ehtiyot qismlari tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, hujjatlarda tovarlar bir xil TIF TN kodda tasniflanganligi, aslida esa 70 xil tovar kodida tasniflanishi aniqlandi.

    Yakunda, qiymati 1,6 mlrd. soʻmlik mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, ularga nisbatan 372 mln. soʻm miqdorda qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.

    Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati