“Gulbahor” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi A.Z.ning  yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning qo‘l sumkasida 1 dona polietilen o‘ramda o‘ziga xos o‘tkir hidli, quruq holdagi giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda mavjudligi aniqlandi. 

Shundan so‘ng, ushbu modda ekspertizadan o‘tkazilganda, u giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi sof og‘irligi 64,12 gramm bo‘lgan “ko‘knor somoni” giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.