Milliy kinologiya markazi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, bir qator viloyatlar va Toshkent shahridagi bojxona postlarida xizmat olib borayotgan kinologlarning “toʻrt oyoqli yordamchilari” — xizmat itlari bundan 3-yil avval taʼsis etilgan “Xizmat iti nishoni” bilan taqdirlandi, deya xabar qiladi Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.
Rus spaniyeli, nemis ovcharkasi, ingliz koker spaniyeli, malinua, Sharqiy Yevropa ovcharkasi zotiga mansub bu itlar koʻmagida oʻtgan 2024-yilda 337 kg giyohvandlik vositalari, salkam 55 ming dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 11 dona qurol, 10 mingga yaqin oʻq-dori, 24 kg porox, salkam 2,3 mlrd. soʻm eksvivalentdagi naqd xorijiy valyutalar, 41 8 ming qutidan ziyod tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi oldi olingan edi.
Shuningdek, Milliy kinologiya markazining 5 bosh xizmat iti boʻyniga ham turli xalqaro va mahalliy musobaqalarda hamda koʻrgazmalarda yuqori natijalarga erishganligi sababli ushbu nishon taqib qoʻyildi.