Masalan, oʻtgan yili import boʻlgan 20 milliard dollarlik tovarlarga salkam 60 trillion soʻmlik imtiyoz qoʻllangan.
Lekin ushbu imtiyozlarning qanchasi maqsadli va samarali qoʻllangani boʻyicha bojxonada tahlil yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Oʻtgan yili qoʻllangan imtiyozning bor-yoʻgʻi 3,2 trillion soʻmi oʻrganilganda, ularning 420 milliard soʻmi yoki 13 foizi maqsadsiz qoʻllangan boʻlib chiqdi.
Shu bois, Bojxona qoʻmitasiga imtiyoz bilan kirgan tovarlarni korxonabay oʻrganib chiqish topshirildi.
Umuman, bu yil qoʻshimcha manbalar hisobidan Soliq qoʻmitasi 40 trillion soʻm, Bojxona qoʻmitasi esa kamida 15 trillion soʻm tushumni taʼminlashi muhimligi taʼkidlandi.