Bojxona qoʻmitasida navbatdan tashqari kengaytirilgan xizmat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 11-fevraldagi tegishli qarori bilan bojxona xizmati polkovnigi Nasirov Gʻayrat Farxadovich Bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlanganligi oʻqib eshittirildi.
Bunga qadar Gʻ.Nasirov “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻi lavozimida xizmat qilib kelayotgan edi.
Shu kunga qadar Bojxona qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan Ilxom Muxtorov esa bojxona organlaridagi boshqa tuzilmalarda oʻz xizmatini davom ettiradi.