Bojxona qoʻmitasi Raisining matbuot kotibi tayinlandi

    Bojxona xizmati podpolkovnigi Tangriyev Husen Shodiyevich Bojxona qoʻmitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

    H.Tangriyev 1984-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. OʻzMU jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bojxona organlarida 2009-yildan buyon xizmat qiladi.

    Oʻtgan yillar davomida Bojxona qoʻmitasida, “Toshkent-Aero“ ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida va Toshkent shahar bojxona boshqarmasida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar yoʻnalishida faoliyat olib borgan.

    Lavozimga tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra amalga oshirildi.