Unga koʻra, xorijdan yurtimizda faoliyat olib boruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan, hujjatlarda asosida “velosiped ehtiyot qismlari” deya koʻrsatilgan tovarlar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Bojxona koʻrigi davomida tovarlar yuk kuzatuv hujjatlari bilan oʻzaro solishtirilib sanoqdan oʻtkazilganida, tovarlarning tasniflash qoidasiga asosan tovarlar “ehtiyot qism” sifatida emas, balki “tayyor tovar-velosiped” sifatida klassifikatsiyalanishi aniqlandi.
Vaholanki, yuk egalari shu yoʻl orqali 118,2 million soʻmlik bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadini koʻzlagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qiymati 427,5 million soʻmni tashkil etuvchi 855 dona tayyor velosipedlar vaqtincha saqlovga olinib, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.