Bojxona va karantin maʼlumotlar bazasi integratsiya qilinadi

    Bundan buyon eksport jarayonida fitosanitar sertifikatda mahsulot yetishtirilgan hudud majburiy koʻrsatiladigan tizim boʻlishi eʼlon qilindi.

    Yigʻilishda hokimlar tomonidan eksportni bajarish uchun boshqa viloyatdan kelgan tadbirkorlarga toʻsqinlik qilish hollari haligacha uchrayotgani koʻrsatib oʻtildi.

    Oqibatda xaridori va mablagʻi tayyor eksportchilar mahsulotsiz qolib ketayapti.

    Bundan buyon eksport jarayonida fitosanitar sertifikatda mahsulot yetishtirilgan hudud majburiy koʻrsatiladigan tizim boʻlishi eʼlon qilindi. Shunda eksportchilarimiz sunʼiy toʻsiqlarga uchramaydi.

    Masʼul idoralarga bojxona va karantin maʼlumotlar bazasini integratsiya qilib, bu tizimni ishlatish topshirildi.