Bojxonachilar peshqadam boʻlishdi

    Maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar davom etmoqda.

    Navoiy viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida viloyatimizda “Vatanni mardlar qoʻriqlar” shiori ostida sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.

    Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan sport musobaqalaridan soʻng huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tashkilotlar hamda mahallalardan tashrif buyurgan yoshlar jamoalari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini ham tashkil etildi.

    Munozara va muhokamaga boy boʻlgan oʻyinda jamoalar oʻz bilim va tafakkurini namoyon etdi. Natijada, viloyat Bojxona boshqarmasi jamoasi 1-oʻrinni, 7259-sonli harbiy qism jamoasi 2-oʻrinni, navbahorlik yoshlar jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati