Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi viloyat DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda uyali telefonlarni noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.Sh. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida avtomashina koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasining xufya joyida umumiy qiymati 4 mlrd. 25 mln. soʻmlik 976 dona 6 xil turdagi “Samsung” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.