Gap shundaki, hujjatlarda ushbu texnika 2019-yilda ishlab chiqarilgani qayd etilgan boʻlsa-da, ammo transport vositasi holatining ekspertiza natijalari buni tasdiqlamadi. Oʻrganishlar davomida ishlab chiqarilgan yilini anglatuvchi VIN raqamlari xalqaro meʼyor talablari asosida ishlab chiqarilgan korxona tomonidan urilmaganligi, avtobus 2019-yilda emas aslida 2013-yilda ishlab chiqarilganligi aniqlandi.
Maʼlumotlarni soxtalashtirish orqali yuk egasining bojxona toʻlovlaridan qariyb 965 mln. soʻm soʻmlik imtiyozlarni qoʻlga kiritish rejasi naf bermadi, deya xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra,
Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda