Bojxonachilar Farg'onada 90 million so'mlik “Tropikamid”ni ushlab qolishdi

    Respublikamiz bojxonachilari kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasiga doir bojxona qoidabuzarliklarini ham fosh qilishdi.

    Farg'ona shahrida o'tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida esa fuqaro A.Aning noqonuniy xatti-harakatlari fosh etildi. “Neksiya” rusumli avtotransport vositasida harakatlanayotgan ushbu shaxs bojxonachilarning kuzatuvi ostiga tushganini sezib qolgach, avtomashinadagi polietilen qoplarni tushirib, voqea joyidan qochishga uringan vaqtida to'xtatib qolindi.

    Bu esa bejiz emas ekan. Qoplar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, ularda qiymati 90 mln. so'mlik 600 dona “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

    Navoiy viloyatida esa bojxona xodimlari xalqaro kur`erlik jo'natmalari orqali dori vositalari va biologik faol qo'shimchalarning noqonuniy ravishda olib kirishga bo'lgan urnishlarni fosh etishdi.

    Turkiyadan keltirilgan kur`erlik jo'natmalarini bojxona ko'rigidan o'tkazish davomida yuklar orasiga qiymati 9 turdagi 58 dona biologik aktiv qo'shimchalar yashirilganligi aniqlandi. 13,2 mln. so'mlik mazkur tovarlar tegishli bojxona deklaratsiyalarida umuman qayd etilmagan ekan.