Natijada, konteynerlarda yuk-kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan va koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan qiymati 7 mlrd. 764 mln.soʻmlik 883 ming 105 dona parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri koʻzdan kechirilganda, konteynerlarda yuk-kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan umumiy qiymati 1 mlrd. 123 mln. soʻmlik 744 ming 546 dona parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.