Bojxona qoʻmitasining Toshkent viloyati bojxona boshkarmasi Kontrabandaga karshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Mirobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbirda xonadonlardan biri belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yoʻllar bilan olib kirilgan 144 turdagi 228 ming 144 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda saqlanayotgan ekan.
Ushbu holatda olib qoʻyilgan tamaki mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining aksiz markalari hamda raqamli markirovka kodlari bilan qadoqlanmagan. Shuningdek, sigaretlarning inson salomatligiga zarari haqida dogohlantirishlar ham mavjud emas. Ayni shu jihatning oʻzi mazkur sigaretlarning asosiy qismi kontrafakt mahsulotlar ekanligini anglatadi.