Maʼlumki, hayvonlarning ter va moynalari dunyo bozorida xaridorgir tovar hisoblanadi. Shu sabab, buning ortidan moʻmay daromad orttirishni koʻzlagan ayrim shaxslar tabiatga zarar yetkazish bilan birga, bojxona tartib qoidalarini buzishga urinadi.

Yurtimizga oʻtish uchun “S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvidagi kirib kelgan, “MERCEDES BENZ ACTORS” rusumli yuk avtoulovi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, yuk kuzatuv xujjatlarida koʻrsatilmagan, qiymati 45 mln soʻmlik, 41 dona (qayta ishlov berilgan) xayvon terlarini qoʻshni davlatdan qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.