Bojxona qoʻmitasi matbuot kotibining maʼlum qilishicha, chegara postidan olib oʻtilayotgan 11 turdagi avto ehtiyot qisimlar bir butun holdagi oʻzi agʻdaruvchi (samosval) tayyor yuk avtotransport vositasi boʻlgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, “uddaburon“lar shu yoʻl bilan transport vositasini qismlarga ajratib goʻyoki avto ehtiyot qism niqobi ostida olib kirishga urinish orqali yuk egasi 800 mln. soʻmlik bojxona toʻlovlarini “tejamoqchi” boʻlgan.
Shuningdek, Bojxona qoʻmitasi transport vositasini yigʻish jarayoni aks etgan videoni eʼlon qildi. Undan gʻildiraklar, kabina va kuzov qismlari alohida qutilarga joylanganini, u yigʻib boʻlinganidan soʻng mashina harakatlanganini koʻrish mumkin.