Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Xorijdan “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali yurtimizda faoliyat olib borayotgan yakka tartibda tadbirkorning nomiga olib kelingan tovarlar bilan yuklangan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Hujjatlar asosida “Tabiiy asal” nomli tovar xolislar ishtirokida bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan, yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, 3 turdagi 17 735 dona “Bipin-T”, “Bisanar” hamda “Oksibaktotsid” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, jismoniy va yuridik shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtishda oʻzlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarni belgilangan meʼyorlar asosida ishonchli va toʻgʻri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar boʻladilar, — deyiladi xabarda.