Bu haqda Toshkent viloyat hokimligi Axbarot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan “INNOPROM-2022” Xalqaro sanoat koʻrgazmasida Boʻka tumanida faoliyat yurituvchi “TNA AGROINVEST” korxonasi direktori Islom Boqijonov Toshkent viloyati vakillari qatorida ishtirok etib, bir qator yirik korxonalar bilan shartnoma imzolashga erishgan edi.

Boʻka tumani dalalarida yetishtirilgan poliz mahsulotlari xalqaro hamkorlik doirasidagi kelishuvga binoan shu kunlarda Rossiya bozorlariga eksport qilinmoqda.