Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar Z.E. va K.K. tumanning markaziy koʻchasida joylashgan savdo markazida amalga oshirgan xaridi uchun “F.S” MCHJ sotuvchisi N.Q.ga 2 dona 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.