Boʻkada 600 oʻrinli MTT foydalanishga topshirildi

    Ta'lim 11 Aprel 2022 4074

    Bugun, 11-aprelda Toshkent viloyati Boʻka tumani “Madaniyat” MFYda joylashgan 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Maktabgacha taʼlim vaziri, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, OAV vakillari ishtirok etdi.

    Qayd etilishicha, ushbu tashkilot 1952-yil qurilgan boʻlib, 1982-yildan maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat yuritgan.

    2019yil aprel oyidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirliklari homiyligi ostida “OOO KAPITAL” qurilish taʼmirlash birlashmasi tomonidan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilib, rekonstruksiya qilingan.

    Ushbu 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 12 ta asosiy guruh (360-oʻrin) 2 ta qisqa muddatli guruh hamda 2 ta bepul bir yillik majburiy taʼlim uchun guruhlar (240-oʻrin) mavjud. Tashkilotda jami 33 nafar xodimlar faoliyat yuritib, shundan pedagog xodimlar 23 nafar, texnik xodimlar esa 9 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun, Boʻka tumani maktabgacha taʼlim tizimida 80 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, jumladan 18 ta davlat, 4 ta xususiy hamda 58 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etadi.

    Bugungi kunda tumanda 10 029 nafar 3-7 yoshli bolalar boʻlib, ulardan 5 738 nafari qamrab olinib, qamrov 57,2 foizni tashkil etdi.