Bunday idish Toshkent viloyatida ilk bor topildi. U qadimgi yunon an'anasiga mos ravishda ishlangan.
Bu qadimgi Choch-Toshkent hududiga salavkiylar sarkardasi Demodamning (miloddan avvalgi III asr) kelishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Idishda Turkiyada miloddan avvalgi II asrda qurilgan Apollon ibodatxonasidan ham topilgan yunon ma'budasining tasviri o'z aksini topgan.