Boʻkaliklar yetishtirgan mahsulotlar Germaniyada Xalqaro koʻrgazmalarni bezadi

    Agrosektor 7 Aprel 2022 1373

    Ayni vaqtda Boʻka tumanining sabzavotchilik klasteri “TNA AGROINVEST” korxonasi vakillari Germaniyada oʻtkazilayotgan xalqaro koʻrgazmada ishtirok etyapti.

    Berlin shahrida oʻtkazilayotgan “FRUIT LOGISTICA” koʻrgazmasi butun dunyo boʻylab oziq-ovqat, meva-sabzavot yetishtiruvchilar, issiqxona texnologiyalari, qadoqlash va markirovka, quritish va qayta ishlash jabhasi ilgʻorlari uchun savdo va hamkorlik maydoni sanaladi.

    “TNA AGROINVEST” korxonasi vakillari jahon bozorida oʻzbek mahsulotlarini “Made in Uzbekistan” pavilyonlarida taqdim etar ekan, ular tomonidan yetishtirilgan, qayta ishlanib, qadoqlangan mahsulotlar koʻrgazma ishtirokchilarining eʼtiborini tortyapti.

    Shuningdek, hamyurtlarimizni qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarining keng ekspozitsiyasi qiziqtirdi. Dunyoning yetakchi davlatlari ishlab chiqarayotgan qishloq xoʻjaligining yangi agrotexnikalari bilan ham tanishdi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.