Bugun musobaqa doirasida chorak final janglari oʼtkazilmoqda. Ushbu bosqichda Vatanimiz sharafini 6 nafar charm qoʼlqop ustasi himoya qilishyapti. Biroz avval -60 kg vaznli bokschimiz Аbdumalik Xalakov yarim final yoʼlida rossiyalik ashaddiy raqibi Vsevolod Shumkovga qarshi ringga koʼtarildi va ishonchli – 5:0 hisobida gʼalaba qozondi. Demak, terma jamoamiz hisobida kamida bronza medal naqd.

Endi Аbdumalik Xalakov final yoʼllanmasi uchun eronlik Danial Shahbashga qarshi ringga koʼtariladi. Mazkur jang 4-noyabr kuni boʼlib oʼtadi.

Bugun vakillarimiz orasida birinchi boʼlib ringga koʼtarilgan -48 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Nodirjon Mirzahmedov esa qozogʼistonlik Temirtas Jussupovga imkoniyatni boy berdi.

Bugun kechki dasturda terma jamoamiz aʼzolaridan Mujibillo Tursunov (-63,5 kg vazn toifasida), Saidjamshid Jafarov (-75 kg), Madiyar Saidrahimov (-92 kg) hamda Lazizbek Mullajonov (+92 kg)lar ham chorak final bosqichida ringga koʼtariladi.

Bokschilarimizga boʼlajak janglarda omad tilaymiz.