Osiyo chempionatida qitʼamizning 21 mamlakatidan jami 352 nafar bokschi bahslarda ishtirok etishi maʼlum qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston sharafini oʻsmirlar oʻrtasidagi janglarda 25 nafar, yoshlar oʻrtasida esa 24 nafar, jami 49 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Musobaqa oʻsmirlar oʻrtasida 2006-2007-yillarda tugʻilganlar, yoshlar oʻrtasida esa 2004-2005-yillarda tavallud topgan bokschilar oʻrtasida tashkil etilmoqda.

Bugun, 2-mart kuni musobaqaning birinchi kun janglariga start beriladi. Unda uch nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.