Bugun yarim final

    Polshaning Kelse shahrida boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida davom etmoqda.

    Bugun yarim final janglariga start beriladi. Ushbu bosqichga Oʻzbekiston terma jamoasidan 10 nafar bokschi yetib keldi. Ularning oltitasi qizlar boʻlsa, toʻrt nafari oʻgʻil bolalar. Bokschilarimiz quyidagi raqiblarga qarshi ringga koʻtariladi:

    51 kg: Nigina Oʻktamova – Anastasiya Kiriyenko (Rossiya)

    54 kg: Sitora Turdibekova – Poonam (Hindiston)

    57 kg: Dilfuza Bekova – Julduz Shoyaxmetova (Qozogʻiston)

    60 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Beatris Rozentale (Latviya)

    64 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Arundxati Choudxari (Hindiston)

    69 kg: Sohiba Roʻzmetova – Dana Diday (Qozogʻiston)

    52 kg: Shahzod Muzaffarov – Ruslan Sikalo (Ukraina)

    69 kg: Aʼloxon Abdullayev – Cheyerav Ashalayev (Rossiya)

    81 kg: Shohjahon Abdullayev – Peter Lyasevich (Chernagoriya)

    +91 kg: Jahongir Zokirov – Levante Kiss (Vengriya)