Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan boks bilan shugʻullanuvchi iqtidorli yoshlar gʻoliblik uchun ringga chiqdi.

Mazkur chempionat orqali terma jamoa ustozlari yangi nomlarni saralab olish bilan bir qatorda terma jamoa tarkibini ham shakllantirib, bokschilarning holatini yana bir bor koʻzdan kechirdi.

Kichik oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida Fargʻona viloyati jamoasi umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi. Ikkinchi pogʻonadan Buxoro viloyati vakillari joy olgan boʻlsa, kuchli uchlikka Toshkent shahri jamoasi yakun yasab berdi.