Quvonarlisi, Turkiyada davom etayotgan ushbu musobaqa oʻzbek ayollar boksida ilk medallar qoʻlga kiritilgan Jahon chempionati sifatida tarixda qoldi.
Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, -50 kilogramm vaznli bokschimiz yarim finalda kolumbiyalik Lorena Valensiyaga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, bokschimiz jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
+81 kilogramm vaznli bokschimiz Mohira Abdullayeva esa chempionat yarim finalida marokashlik Xaija Mardiga qarshi ringga koʻtarildi. Afsuski, 1-raundda bokschimiz oyogʻidan jarohat oldi. Shundan soʻng hakamlar jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va oqibatda gʻalaba Marokash vakilasiga taqdim etildi.
Shunday qilib, mazkur dunyo birinchiligini terma jamoamiz 2 ta bronza medali bilan yakunladi.