баннер
22 Mar 2025
21:13

    Бокс расман Лос-Анжелес-2028 ёзги Олимпия ўйинлари дастурига киритилди

    Boks Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturidan oʻrin oladigan boʻldi. Bu haqida Gretsiyada oʻtayotgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) 144-Sessiyasida rasman eʼlon qilindi.

    Qayd etilishicha, bellashuvlar “World Boxing” tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi.

    Ushbu qaror qabul qilinguniga qadar boks Olimpiya oʻyinlari musobaqalari roʻyxatidan chiqarilgan edi. Bunga Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) atrofida yuzaga kelgan muammolar sabab boʻldi. Mazkur tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar 2019-yilda — IBAʼning oldingi rahbarligida, federatsiya boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bogʻliq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo boʻlgan.

    2020-yilda IBAʼga rossiyalik Umar Kremlyov yangi rahbar sifatida saylandi. Ammo XOQ tashkilotga qayta ishonch bildirmadi va 2024-yilning iyun oyida IBAʼni tan olingan federatsiyalar roʻyxatidan rasman chiqarib tashladi. Qaror Lozannadagi Sport arbitraj sudi tomonidan XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan maʼqullandi.

    XOQ va IBA oʻrtasidagi soʻnggi mojaro Rossiya va Belarus sportchilari federatsiyasi shafeligida oʻz mamlakatlari bayroqlari ostidagi musobaqalarda qatnashishi bilan bogʻliq vaziyatda yuzaga keldi. Bu XOQ tavsiyalariga mos kelmaydi.

    Oqibatda, oqibatda oʻtgan yilning may oyida XOQ IBAʼga aʼzo federatsiyalar sportchilarini 2028-yilgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashishni taqiqladi. Shunga qaramay, Parij-2024 Olimpiadasida boks musobaqalari XOQning maxsus ishchi guruhi nazorati ostida oʻtkazildi.

    2023-yilning 13-aprel kuni “World Boxing” tashkilotiga asos solindi va u IBAʼga muqobil sifatida katta sahnaga chiqdi. Tuzilma boksni Olimpiya harakatida saqlab qolish maqsadida tashkil etilgan. Shu kundan boshlab “World Boxing” rasmiylari Olimpiya oʻyinlarida oʻz boks delegatsiyalari ishtirokini taʼminlash istagida boʻlgan davlatlarga tashkilotga aʼzo boʻlish taklifini yubora boshladi.

    Aprel oyining oʻzida Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Filippin, Shvetsiya va Qoʻshma Shtatlar vakillari yangi xalqaro federatsiya – “World Boxing” tashkil etilganini rasman eʼlon qildi hamda “boshqaruv va halollik” bilan bogʻliq muammolar tufayli IBA aʼzoligidan chiqishini bildirdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech