Oʻzbekistonlik professional bokschi, sobiq jahon chempioni va Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi boʻyicha majburiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyev birinchi yengil vazn toifasida navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
15-dekabrga oʻtar kechasi Monte-Karloda (Monako) 30 yoshli oʻzbekistonlik 27 yoshli meksikalik Rikardo Espinosa Frankoni magʻlubiyatga uchratib, WBA yoʻnalishi boʻyicha vaqtinchalik chempionlikka erishdi.
Ahmadaliyev birinchi daqiqalardanoq aniq qarshi zarbalar evaziga ustunlikka ega boʻldi va uchinchi raunddayoq Espinosani uch marta yiqitib, hakamni jangni toʻxtatishga majbur qildi. Jang texnik nokaut bilan yakunlandi.