Kecha toʻrt nafar bokschimiz ringga koʻtarildi. Eʼtiborlisi, qizlarimizning uch nafari gʻalaba qozondi. Afsuski, bir nafari imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Xususan, Nigina Oʻktamova Xitoy Taypeyi, Sitora Turdibekova Fransiya, Xadichabonu Abdullayeva Finlyandiya vakilalarini magʻlubiyatga uchratdi. Mohinabonu Abdullayeva esa shveysariyalik raqibasiga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, bugun musobaqa doirasida 7 nafar bokschi qizlarimiz ringga koʻtariladi.