Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, dam olish kunlari yakunlangan musobaqada Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Xitoydan 130 nafardan ortiq bokschi ishtirok etdi.
Bahslarda qatnashgan Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʻlishdi:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-67 kg: Lazizbek Fattoyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-92 kg: Diyorbek Oʻrolov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-51 kg: Abdumajid Mannopov
Bronza:
-71 kg: Kamronbek Turgʻunboyev
-63,5 kg: Gʻofurjon Tohirov
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
Qizlarimiz safida esa sovrindorlarimiz roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:
Oltin:
-48 kg: Marjona Savriyeva
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻtkamova
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova
Kumush:
-48 kg: Farzona Fozilova
-54 kg: Nozimaxon Bulturova
-57 kg: Rashida Tagirova
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
Bronza:
-66 kg: Xadichabonu Abdullayeva









