баннер
1 Apr 2025
03:11

    Bokschilarimiz jahon kubogi sari yoʻl oldi

    Shu yilning 30-mart kuni Braziliyada erkaklar oʻrtasida boks boʻyicha jahon kubogi bahslari start oladi va 5-aprel kuniga qadar davom etadi.

    “World Boxing” tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan mazkur kubok bahslarida Toʻlqin Qilichev boshchiligidagi bokschilarimiz ham ishtirok etadi.

    Quyida mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan charm qoʻlqop ustalari bilan tanishasiz.

    -50 kg. Asilbek Jalilov;
    -55 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov;
    -60 kg. Madiyar Daniyarov;
    -65 kg. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev;
    -70 kg. Iqboljon Xoldorov;
    -75 kg. Fazliddin Erkinboyev;
    -80 kg. Javohir Ummataliyev;
    -85 kg. Akmaljon Isroilov;
    -90 kg. Toʻrabek Habibullayev;
    +90 kg. Jahongir Zokirov

    Mazkur musobaqa davomida bokschilarimizga Toʻlqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar – Rahmatjon Roʻzioxunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir Gʻulomov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov oʻzlarining muhim va aniq koʻrsatmalarini berib boradilar.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech