WBA bu jangni oʻtkazishga ruxsat berdi va tomonlarning muzokaralar olib borishi uchun 30 kun muddat belgiladi.
Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) 3-aprel kuni Toshkentda oʻtkazilgan boks oqshomida IBF kamarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qilgan va 5-raundda texnik nokaut evaziga gʻalaba qozongan edi.
AQSHlik 31 yoshli Ronni Rios (33-3, 16 KO) 2019-yil Diyego De La Xoyani muddatidan oldin magʻlub etib, WBA Gold kamarini qoʻlga kiritgan. U oʻzining oxirgi jangini joriy yilning 12-fevral kuni oʻtkazib, Oskar Negretteni ochkolar hisobida yenggan.
Professional boksning super yengil (63,5 kg) vazn toifasida faoliyat olib boruvchi bokschimiz Jamshid Najmiddinovning ham navbatdagi jangi sanasi maʼlum boʻldi. U 28-may kuni AQSHning Texas shtatida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Ushbu jangda unga kim raqiblik qilishi hozircha nomaʼlum.